3 apreldan 4 aprelga o‘tar kechasi Las-Vegasda joylashgan Em-dji-em Grand Garden-arenada Gremmi musiqiy premiyasining 64-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Premiyada 86 nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Bundan tashqari, premiya davomida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokchilarga videomurojaat yo‘llab, Rossiya bilan urushda Ukrainani qo‘llab quvvatlashni so‘radi.

«Musiqaning eng kuchli kontrasti (qarama-qarshiligi) nima? Buzilgan shaharlar va o‘ldirilgan odamlarning sukunati. Jimlikni musiqangiz bilan to‘ldiring. Bizning hikoyamizni aytib berish uchun buni bugunoq boshlang. Imkoningiz bo‘lishi bilan bizni qo‘llab-quvvatlang. Har qanday ko‘rinishda, faqat sukunat bilan emas», — dedi Ukraina yetakchisi.

Gremmi-2022 tanlovaning g‘oliblari ro‘yxatining ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz.

«Yil qo‘shig‘i»

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha 10 dan ortiq ishtirokchilar orasidan, tarkibida Bruno Mars va Anderson Pak bo‘lgan «Silk Sonic»ning «Leave The Door Open» (Eshikni ochiq qoldiring) qo‘shig‘i g‘olib deb topildi.

Prodyuserlar: Dernst «D'Mile» Emil II & Bruno Mars, muhandis/miksher: Serban Genea, Djon Xeyns i Charlz Moniz, mastering: Rendi Merill.

Shuningdek, ushbu ijro Yil qo‘shig‘i, R&B uslubidagi eng yahshi ijro, R&B uslubidagi eng yahshi qo‘shiq muallifi nominatsiyalarini ham qo‘lga kiritdi.

Anderson Pak ushbu g‘alabani bir necha kun avval vafot etgan onasiga bag‘ishladi.



«Yil albomi»

Ijrochilar, yangi material mualliflari, prodyusserlar, injenerlar, miksherlar va masteringlar uchun mukofot.

Ushbu nominatsiyada Djon Batistning «We are» (Biz) albomi g‘olib deb topildi. Ushbu albom 13 ta qo‘shiqdan tashkil topgan.

«Men o‘tmishdan ilhom olishni va kelajakni yaratish maqsadida uni hozirgi paytda sodir bo‘layotgan voqealar bilan birlashtirishni yaxshi ko‘raman», — deya o‘z albomini ta’riflagan ijodkor.

«Eng yaxshi yangi ijrochi»

Amerikalik 19 yoshli Oliviya Rodrigo «Eng yaxshi ijrochi» nominatsiyasga ega bo‘ldi. Bundan tashqari Oliviya Izabel Rodrigo Gremmining «Eng yaxshi pop-albom ijrochisi» va «Eng yaxshi yakka pop ijrochisi» nominatsiyasida ham g‘olib bo‘ldi. U o‘zining debyut qo‘shig‘ini 2021 yining yanvar oyida chiqargandi.

«Eng yaxshi zamonaviy instrumental albom»

Amerikalik 38 yoshli jaz pianisti va kompozitori Teylor Эйгстining «Tree Falls» (Daraxt qulaydi) albomi Eng yaxshi zamonaviy instrumental albom deb topildi.

«Eng yaxshi rok-ijro»

Ushbu nominatsiyada 1994 yilda Vashington shtatida tashkil etilgan «Foo Fighters» rok guruhi o‘zining «Making A Fire» (Gulxan yoqish) qo‘shig‘i bilan g‘olib deb topildi.

«Foo Fighters»ning «Waiting On A War» (Urushni kutib) qo‘shig‘i esa «Eng yaxshi rok qo‘shig‘i» deb topildi.

«Eng yaxshi rep-ijro»

Baby Keem va Kendrick Lamar`ning «Family Ties» (Oila aloqalari) qo‘shig‘i Grammy musiqiy premiyasining eng yaxshi rep ijrosi nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

«Eng yaxshi taronali rep-ijro»

Eng yaxshi taronali rep-ijro deb topilgan «Hurricane» (Bo‘ron) 2021 yilning eng kutilgan albomlaridan biri — Kane Uestning «Donda» albomidan o‘rin olgan. 44 yoshli Kane Uest ushbu albomni o‘z onasiga bag‘ishlagan.

«Eng yaxshi global musiqiy ijro»

Pokistonlik kompozitor Arudj Aftab o‘zining «Mohabbat» (Muhabbat) qo‘shig‘i bilan eng yaxshi global musiqiy ijro nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

«Menimcha, men hozir hushdan ketaman. Vau, katta rahmat. Menimcha, bu kategoriyaning o‘zi umuman aqlbovar qilmas hisoblanadi» — dedi Aftab o‘z chiqishida.