Turkiyadan tashrif buyurgan professor, hamda yuqori malakali shifokorlar jamoasi Numa Diagnostics ko‘rsatmalari asosida onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazishdi.

Bundan tashqari, 25-fevral kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida Numa Diagnostics va Turkiyaning mashhur Medipol klinikasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

реклaмa

Numa kompaniyalar guruhi bosh direktori Olimjon Abduvahobov markaz imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berarkan, ushbu memorandum sog‘liqni saqlash sohasida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan bo‘lib, Medipol klinikasi va Numa diagnostika sog‘lomlashtirish markazi o‘rtasida sifatli xizmat ko‘rsatishdan iboratligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda Medipol klinikasidan tashrif buyurgan mutaxassislar, mehmonlar va OAV vakillari ishtirok etdi. Quvonarli jihati, Turkiyadan dunyoning top-10 taligiga kiruvchi onkologiya yo‘nalishidagi tibbiyot fanlari doktori professor, dotsent va shifokorlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Marosimda Medipol klinikasining tijorat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Uygar Ustun nutq so‘zladi.

реклaмa

“Medipol klinikasi 3 ta universitet, 4 ta universitet kampusi, 10 ta shifoxona va stomatologiya klinikalariga ega Istanbul va Anqaradagi eng yirik tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdir. Bundan tashqari, Turkiyada tibbiy turizm sohasida yetakchi salomatlik guruhlaridan biridir. O‘tgan yili biz 153 ta mamlakatdan kelgan 40 ming nafardan ortiq bemorlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatdik va tabiiyki ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Biz O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasi rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishdan mamnunmiz va buning uchun qo‘limizdan kelganicha yordam beramiz”, — dedi turkiyalik mehmon.

Marosimda Numa kompaniyalar guruhi bosh direktori Olimjon Abduvahobov markazning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

“Numa kompaniyasi kattalar va bolalar uchun 25 xildan ortiq tabiiy mahsulotlar, vitaminlar ishlab chiqaradi. Hozirgacha mahsulotlarimiz 90 mingdan ziyod mahalliy va xorijlik mijozlarga yetkazib berilgan.

2023-yil oxirida kompaniyamiz huzurida Numa diagnostika markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydik. Markazda minga yaqin turdagi analiz-tahlillar va laboratoriya tekshiruvlari olib boriladi. Laboratoriyamiz Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan barcha standartlarga to‘la javob beradi. Uskunalarimiz Germaniya va AQSh davlatlaridan olib kelingan", — dedi Olimjon Abduvahobov.

Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni ko‘p yillardan buyon davolab kelayotgan turkiyalik professor Dilek Unal Medipol klinikasining faoliyati haqida qisqacha to‘xtalib, yaqin kelajakda o‘zbekistonliklarga yaratilishi ko‘zda tutilayotgan rejalarni ochiqladi.

реклaмa

“Mazkur memorandum Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamdo‘stlik aloqalarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Negaki, so‘nggi vaqtlarda Medipol klinikasi tibbiyotda dunyo miqyosida tan olinayotgan zamonaviy yangiliklar asosida, ko‘plab bemorlarni hayotga qaytishlariga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu klinikaning nafaqat onkologiya balki ko‘plab yo‘nalishlardagi xizmatlaridan foydalanuvchilar orasida o‘zbeklar ham ko‘p. Endilikda o‘zbekistonliklar Turkiya borishlaridan avval, O‘zbekistonning o‘zida, ya’ni Numa Diagnostics orqali aniq tahlillar olishlari mumkin. Ahamiyatli jihati, bu tekshiruv xulosalari Turkiyaning Medipol klinikasida tan olinadi", — dedi turkiyalik professor Dilek Unal.

Tadbir davomida mehmonlarga ushbu memorandumning tibbiyotga va aholiga foydali tomonlari va yaqin kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot berildi.

реклaмa

“Bizning asosiy maqsadimiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bemorlarning ishonch reytingida yuqori o‘rinni egallash”, — deya ta’kidladi Numa Diagnostics markazi direktori Xurshida Qo‘chqorova.

реклaмa

Uning aytishicha, ushbu memorandum sog‘liqni saqlash sohasida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan bo‘lib, Medipol klinikasi va Numa diagnostika sog‘lomlashtirish markazi o‘rtasida sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat.

Memorandum imzolanishi munosabati bilan, turk professorlari va Numa Diagnostics ko‘rsatmalari asosida o‘zbekistonlik onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bemorlarni, shuningdek, onkologik muammolar bilan dunyoga kelgan bolalarni ham 26 va 27-fevral kunlari bepul ko‘rikdan o‘tkazishdi.

реклaмa

Bundan tashqari, kelajakda Numa Diagnostics Medipol klinikasi bilan hamkorlikda JSI sertifikatiga asoslangan innovatsion klinika ochishni rejalashtirgan.


JCI sertifikati — tibbiy faoliyatda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati uchun universal standartlar seriyasidir. Ushbu standartlar bo‘yicha akkreditatsiya sog‘liqni saqlash sifatining yuqori darajasini bildiradi. Seriya standartlari 1995-yilda Xalqaro qo‘shma komissiya (JCI) tomonidan AQShda ishlab chiqishi boshlangan.

Numa Diagnostics xizmatlari haqida batafsil ma’lumotni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida olish mumkin.

Telefon: (+998) 55−513−33−33.

Sayt: numadiagnostics.uz
Instagram: @numa.diagnostics
Telegram: t.me/numa_diagnostics

Reklama huquqlari asosida.