Shavkat Mirziyoyev 29-fevral kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, dastlab Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga bordi va yangi ko‘prikning ochilish marosimida ishtirok etdi.

амuдарё tumani, ko‘prik, қорақалпоғистон

Prezident matbuot xizmati ko‘prikni “ulkan iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega strategik inshoot” deya qayd etdi. Bu bo‘yicha tashabbus 2020-yil 13-dekabr kuni Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda ilgari surilgandi. Davlat rahbari uning qurilishini ikki bor kelib ko‘rgan.

амuдарё tumani, ko‘prik, қорақалпоғистон

Yangi ko‘prikning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati faollari ishtirok etdi. Prezident dastlab poyezdda va avtomobilda yurib, ko‘prik sifatini ko‘zdan kechirdi. Jamoatchilik ishtirokidagi yig‘ilishda bu loyihaning samaradorligi, aholi hayotidagi ahamiyatini ta’kidladi.

амuдарё tumani, ko‘prik, қорақалпоғистон

амuдарё tumani, ko‘prik, қорақалпоғистон

“Orolbo‘yi mintaqasini, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasini rivojlantirish, avvalo, ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatib, murakkab vaziyatda yashayotgan aholimizga qulay sharoitlar yaratish mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining bosh maqsadlaridan biridir. Ilgari ham aytganimdek, Qoraqalpog‘istonning taqdiri — bu O‘zbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi — bu butun O‘zbekiston xalqining baxti va farovonligidir. Bugun mana shu ezgu maqsadni amalga oshirish yo‘lida yana bir ulkan qadam qo‘ymoqdamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, ko‘prik qurilgan joy O‘zbekistonning eng chekka hududlaridan biri hisoblanadi va shu paytgacha odamlar o‘tgan asrning elliginchi yillarida olib kelingan eski ponton ko‘prikdan foydalanib kelgan.

амuдарё tumani, ko‘prik, қорақалпоғистон

“Har bahorda muz erib, daryoda suv ko‘payishi bilan u jiddiy shikastlanardi. Bu daryoning ikki tomonidagi aholiga juda ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirardi”, — deyiladi xabarda.

Xususan, Amudaryo tumani aholisi avtomobilda Nukusga borish uchun Urganch va Beruniy orqali yurishga majbur bo‘lgan. Buning uchun qo‘shimcha 180 kilometr yo‘l yurilgan. Poyezdda esa Xorazmning sharq tomonidagi Hazorasp ko‘prigidan o‘tib kelingan.

“Yangi ko‘prik tufayli bu qiyinchiliklar barham topadi, xalqning uzog‘i yaqin bo‘ladi. U orqali Qoraqalpog‘iston bilan Xorazmni bog‘laydigan eng yaqin avtomobil va temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi”, — deya qayd etiladi xabarda.

Ko‘prikning uzunligi 423 metr bo‘lib, u bilan birga Shovot-Qorao‘zak bekatlarini bog‘laydigan 85 kilometrlik temiryo‘l hamda 3 ta vokzal ham barpo etildi.

амuдарё tumani, ko‘prik, қорақалпоғистон

“Bu inshoot samarasida yo‘lning o‘tkazish qobiliyati 4 barobarga oshib, bir kecha-kunduzda 12 ming avtomobil harakatlanadi. Natijada 48 ming yo‘lovchining 2 soat vaqti tejaladi va daryodan xavfsiz o‘tishi ta’minlanadi”.

Ko‘prik ikki tarafga qarab 24 juft poyezdni o‘tkazish imkoniyatiga ega, bu orqali temiryo‘l masofasi 180 kilometrga, yuk tashish tezligi esa 6 soatgacha qisqaradi. Bu esa mahalliy yuklarni tashish hajmini yiliga 2 barobarga oshirish, tashish tannarxini 2 barobarga kamaytirish imkonini beradi. Ushbu temiryo‘l orqali Qozog‘iston va Rossiyaga ham yangi yo‘nalishlar ochiladi.

Shuningdek, Qorao‘zak konlaridan tosh endi poyezdlarda tashilishi hisobiga Orobo‘yi mintaqasidagi 4 million aholi va turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobil yo‘llari sifatli saqlanadi.

“Biz birgalikda bunyod etgan bu muhtasham ko‘prik shunchaki navbatdagi infratuzilma inshooti emas. Bu ko‘prik avvalo o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi mustahkam ishonch va do‘stlik, og‘zibirlik va hamkorlik ko‘prigidir. Bu yo‘l jahonga ochilayotgan Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot va farovonlik yo‘llaridir. Mana shu azim daryoning ikki sohilida, shunday yorug‘ kunlarni orzu qilib yashab kelayotgan ming-minglab yurtdoshlarimizning umidlari ro‘yobga chiqqan tarixiy kun barchamizga muborak bo‘lsin”, — dedi prezident.

Davlat rahbari og‘ir iqlim sharoitida fidokorona mehnat qilgan mohir quruvchilarga, loyihachi va muhandislarga, ko‘prikni barpo etishga munosib hissa qo‘shgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi. Aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

амuдарё tumani, ko‘prik, қорақалпоғистон

Qayd etilishicha, 2024-yilda Buxoro — Urganch — Xiva, kelgusi yildan Miskin — Nukus temiryo‘li elektrlashtiriladi. Natijada Xiva hamda Nukus shaharlariga tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu hududlardagi aholining mamlakatning boshqa shaharlariga borib-kelishi osonlashadi. Bu loyihalar hisobidan transport xarajatlari 2 barobar qisqarib, yo‘lovchi tashish 30 foizga oshadi.

Umuman, bunday yirik loyihalar Qoraqalpog‘iston va Xorazmning iqtisodiy salohiyati oshishi, investitsiyalar oqimi va ish o‘rinlari ko‘payishi, aholi daromadlari o‘sishiga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm faollari bilan muloqot qildi.