Qashqadaryoda yuqori tezlikdagi Damas urib yuborgan 1-sinf o‘quvchisi vafot etdi
21 aprel 2024, 19:31

Qashqadaryoda yuqori tezlikdagi Damas urib yuborgan 1-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Shahrisabz shahrida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini yuqori tezlikda kelayotgan Damas urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi, haydovchi qamoqqa olindi.

Gaz va elektr hisob raqamlari 1-maygacha to‘ldirib qo‘yilsa, eski tarif 2 oy mobaynida amal qiladi
21 aprel 2024, 11:04

Gaz va elektr hisob raqamlari 1-maygacha to‘ldirib qo‘yilsa, eski tarif 2 oy mobaynida amal qiladi

Energetika vazirligi 1-maygacha gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov amalga oshirilsa, eski tariflar to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qilishini bildirdi. Biroq bu faqat ijtimoiy norma doirasida (100 kubometr va 200 kVt/soatgacha) amal qiladi.

O‘zbekistonlik futbolchilar U-23 Osiyo kubogida Kuvaytni mag‘lub etdi (+ video)
21 aprel 2024, 08:53

O‘zbekistonlik futbolchilar U-23 Osiyo kubogida Kuvaytni mag‘lub etdi (+ video)

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichining 2-turida Kuvayt ustidan yirik g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston terma jamoasi raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi (statistika, video, foto).

Ikkita qo‘mita va agentlik rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
20 aprel 2024, 20:45

Ikkita qo‘mita va agentlik rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Bosh vazir qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbarlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Farg‘onadagi YTHda 21 yoshli haydovchi halok bo‘ldi
20 aprel 2024, 19:49

Farg‘onadagi YTHda 21 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan Spark Volkswagen bilan to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri halok bo‘ldi.

Jahon banki O‘zbekistonga “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratadi
20 aprel 2024, 19:20

Jahon banki O‘zbekistonga “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratadi

IMV va Jahon banki o‘rtasida “Raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi. Jahon bankining krediti mamlakat qishloqlaridagi minglab yoshlarning IT ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

21-aprel sanasida VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi
20 aprel 2024, 19:00

21-aprel sanasida VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi

20-aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida VI BYD Toshkent xalqaro marafonining tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi.

Qashqadaryoda 4 kishini Nikaraguaga jo‘natish uchun 35 ming dollar olgan shaxs ushlandi
20 aprel 2024, 18:34

Qashqadaryoda 4 kishini Nikaraguaga jo‘natish uchun 35 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni Isroilga ishga jo‘natish uchun 18 ming dollar, Qashqadaryoda 4 kishini Nikaraguaga jo‘natish uchun 35 ming dollar so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi.

O‘zbekistonning top-20 soliq to‘lovchisi ma’lum bo‘ldi. Ro‘yxatga kimlar kirdi?
20 aprel 2024, 17:45

O‘zbekistonning top-20 soliq to‘lovchisi ma’lum bo‘ldi. Ro‘yxatga kimlar kirdi?

Soliq qo‘mitasi 2024-yilning birinchi choragi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yirik 20 ta soliq to‘lovchisi nomini ma’lum qildi. Davlat korxonalari orasida NKMK, OKMK va “Hududgazta’minot”, xususiy sektor orasida esa UZBAT, Enter Engineering va boshqalar yetakchilik qilmoqda.

Toshkent shahri va viloyatida xorijdan olib kelingan qariyb 20 kg narkotik modda musodara qilindi
20 aprel 2024, 16:02

Toshkent shahri va viloyatida xorijdan olib kelingan qariyb 20 kg narkotik modda musodara qilindi

DXXning Toshkent viloyati va shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarida 19,7 kg sintetik narkotik moddalar olib qo‘yildi. Aniqlanishicha, Rossiya va Qozog‘istondan olib o‘tilgan moddalarni internet orqali sotish rejalashtirilgan.

Qashqadaryoda erkak farzandining o‘limi xabarini yetkazgan shifokorni kaltakladi
20 aprel 2024, 14:52

Qashqadaryoda erkak farzandining o‘limi xabarini yetkazgan shifokorni kaltakladi

Qashqadaryoda fuqaro shifoxonadagi 2 yoshli farzandi vafot etganini aytgan jarrohni urdi. “Otasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzimga musht bilan urdi. Hushimni yo‘qotdim, qolganini to‘liq eslolmayman”, — deydi shifokor. Bolaning onasi eri bu ishni asabiy holatda qilganini aytib, shifokordan “to‘g‘ri tushunish”ni so‘radi.

YI va BMTTD O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlaydi
20 aprel 2024, 14:12

YI va BMTTD O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlaydi

YI homiyligidagi “O‘zbekistonda boshqaruv tizimini takomillashtirish” tashabbusi doirasida “Inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish” va “Korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihalari ishga tushirildi. Ular mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, umumiy qiymati 7 mln yevrodan oshadi.

Bir yilda tibbiyot xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashgan 87 nafar shaxs jazolandi
20 aprel 2024, 13:07

Bir yilda tibbiyot xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashgan 87 nafar shaxs jazolandi

Bir yil ichida sudlar tomonidan tibbiyot xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan yoki ularga qonunga xilof ravishda ta’sir ko‘rsatgan 87 nafar shaxsga nisbatan jarima yoki qamoqqa olish jazosi tayinlandi. Ushbu qoidabuzarlik uchun qamoqqa olish mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.

O‘zbekiston suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan Qozog‘iston aholisiga yordam yubordi (foto)
20 aprel 2024, 11:02

O‘zbekiston suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan Qozog‘iston aholisiga yordam yubordi (foto)

O‘zbekiston Qozog‘istonning suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan hududlari aholisi uchun 15 ta yuk mashinasida gumanitar yordam jo‘natdi. “Gazeta.uz” manbasining xabar berishicha, 10 mlrd so‘mlik 100 tonna yuk yuborilgan. Foto.

BAAdagi kuchli yomg‘irlar sabab 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi Dubay aeroportida qolib ketdi
20 aprel 2024, 00:50

BAAdagi kuchli yomg‘irlar sabab 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi Dubay aeroportida qolib ketdi

BAAda yoqqan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘plab muassasalar, xususan, aeroportlar faoliyati to‘xtatilgandi. Shu sababli 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi 1 kun davomida Dubay aeroportining kutish zalida qolib ketdi. Muzokaralardan so‘ng ular Uzbekistan Airways samolyotida Toshkentga qaytarildi.

“Mening ayol va inson sifatidagi huquqlarimga daxl qilindi”. Xonanda Lola — tarmoqlardagi haqoratlar haqida
19 aprel 2024, 23:00

“Mening ayol va inson sifatidagi huquqlarimga daxl qilindi”. Xonanda Lola — tarmoqlardagi haqoratlar haqida

Xonanda Lolani internetda haqoratlashdi — ba’zi foydalanuvchilar uning libosida ko‘krak shakli haddan ortiq sezilib turibdi, demoqda. “Jirkanch narsalarni yozishyapti, haqoratlashyapti, kamsitishyapti”, — dedi u “Gazeta.uz”ga. Qo‘shiqchi “O‘zbekkonsert”dan “suhbat” emas, balki himoya istagandi.

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U OAVdagi xabarlarni asossiz deb atadi
19 aprel 2024, 21:46

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U OAVdagi xabarlarni asossiz deb atadi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Amanbayevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tadbirkor va Zulfiya mukofoti sovrindori firibgarlik va pora berishga sheriklikda gumonlanmoqda. U OAV xabarlarini asossiz deb atadi.

JSST parranda grippi odamlar orasida tarqalishi mumkinligidan xavotirlanmoqda
19 aprel 2024, 21:30

JSST parranda grippi odamlar orasida tarqalishi mumkinligidan xavotirlanmoqda

JSSTning ta’kidlashicha, parranda grippi virusining sutemizuvchilar, jumladan, odamlar orasida tarqalishi jiddiy muammo tug‘diradi. Infeksiya odamdan odamga yuqmaydi, lekin uni yuqtirgan odamlar orasida o‘lim darajasi yuqori hisoblanadi.

Toshkentda Xalqaro musiqali teatrlar forumi bo‘lib o‘tadi
19 aprel 2024, 21:05

Toshkentda Xalqaro musiqali teatrlar forumi bo‘lib o‘tadi

26−28-aprel kunlari Toshkent shahridagi O‘zbekiston Davlat musiqali komediya teatrida Operetta.uz II Xalqaro musiqali teatrlar forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Belarus, Ozarbayjon, Rossiya va Qozog‘iston musiqali teatrlari vakillari ishtirok etadi.

Toshkent shahri aholisi Bektemir tumanidagi ko‘chalarni nomlashda ovoz berishi mumkin
19 aprel 2024, 20:42

Toshkent shahri aholisi Bektemir tumanidagi ko‘chalarni nomlashda ovoz berishi mumkin

Toshkent shahri hokimligi aholidan Bektemir tumanidagi 270 dan ortiq ko‘cha, yo‘lak va boshi berk ko‘chalarga nom berish va nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etishni so‘radi. Ovoz berish jarayoni geonom.tashkent.uz saytida 27-aprelga qadar davom etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting