FlyDubai aviakompaniyasi tomonidan Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yilmoqda, deya xabar qilmoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

21 sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida FlyDubai aviakompaniyasining Dubay — Samarqand yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshiruvchi havo kemasi tantanali ravishda kutib olinadi.

Aviakompaniya tomonidan Dubay — Samarqand — Dubay yo‘nalishda parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Ta’kidlanishicha, muntazam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi Samarqand shahrining turizm salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni har ikki tomondan haftasiga jami 13 tani tashkil etmoqda. Parvozlar har ikki mamlakatning tayinlangan aviakompaniyalari Uzbekistan Airways, Fly Dubai, Air Arabia tomonidan bajarilmoqda.