20 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Tojikiston rahbari matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti yakunlarini muhokama qildi. Emomali Rahmon davlat rahbarlarining uchrashuvi yakunlarini yuqori baholadi, unda keng ko‘lamli qarorlar va hujjatlar to‘plami qabul qilinini qayd etdi.

Tojikiston prezidenti O‘zbekiston rahbariga tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatning borishi haqida ham ma’lumot berdi. Tomonlar Tojikiston-O‘zbekiston munosabatlarining ayrim dolzarb masalalarini ham muhokama qildi.