Hukumatning 19 sentabrdagi [510-son] qarori bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar (297 ta) ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxat


Eslatib o‘tamiz, olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun «Qishloq shifokori» dasturi doirasida:

  • olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha қисми, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln so‘mdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi;
  • olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga borib ishlagan shifokorlar maoshiga 100 foiz ustama to‘lanishini ma’lum qilgandi.

«Agar Toshkentdan tibbiyot sohasi vakillari Qoraqalpog‘istonga kelib ishlasa, ularning oylik maoshiga 100 foiz ustama haq to‘laymiz. Agar Mo‘ynoqqa kelib ishlasa ustama, ikki baravar bo‘ladi», — degandi prezident.