24 sentabr kuni soat 3:00 dan boshlab Food City ochilishning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda tongi ulgurji bozor ochilib, savdo soat 03:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

Majmuaning ochilishining birinchi bosqichida chakana savdo yo‘lga qo‘yilgan. Ikkinchi bosqichda esa ulgurji savdo yo‘lga qo‘yilmoqda. Ulgurji bozorda siz oilaviy bayram uchun oziq-ovqatlar, restoran yoki banket uchun mevalar, qishga tuzlash uchun sabzavotlar xarid qilshingiz mumkin. Ulgurji bozorda birinchi qo‘ldan qulay narxlarda oziq-ovqatlar xarid qilish mumkin.


Food City majmuasi ma’muriyati 24 sentabr kuni ulgurji bozorda narxlar yanada arzon bo‘lishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Food City majmuasi haridorlarga qulaylik yaratish maqsadida mahsulot narxi o‘rtasidagi farqni o‘z hisobidan qoplaydi.


Ulgurji savdoni amalga oshirish uchun kelgan haridorlarga Food City majmuasi quyidagi qulayliklarni taklif etadi:

  • kross-doking xizmati — bu ombor xizmatidan foydalanmasdan turib mahsulotni ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish;
  • tunu-kun faoliyat ko‘rsatuvchi 400 ta yuk va 3000 ta yengil avtomobilga mo‘ljallangan katta avtoturargoh;
  • mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruq, muzlatgich yoki sovutgich omborlardan yuklab olish imkoniyati;
  • uzoq viloyatlardan kelgan haydovchi va savdogarlar uchun Food City majmuasida joylashgan 24/7 faoliyat ko‘rsatuvchi, barcha qulayliklarga ega mehmonxona xizmatidan foydalanish.


Food City`ni tashkil etish jarayoni 2018 yilda boshlangan. Hozirda Vazirlar mahkamasining tegishli qarori asosida, eski «Qo‘yliq» dehqon bozorini Food City majmuasiga bosqichma-bosqich ko‘chirish jarayoni ketmoqda. Kelgusida majmuani yanada kengaytirish, mahsulotlarni qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.

Telefon: (+998) 55−500−00−04.

Telegram: t.me/foodcityuz

Reklama huquqlari asosida.