Namangan viloyatida bolalarning ommaviy zaharlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, u 450 nafar bola sog‘lig‘idan shikoyat bilan kasalxonaga yotqizilgan viloyatda bo‘ldi. Delegatsiya tarkibidan, shuningdek, Prezident Administratsiyasining Axborot siyosati departamenti boshlig‘i Komil Allamjonov hamda Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov (har ikki tuzilma ham prezident yordamchisi tuzilmasi tarkibiga kiradi) ham bor edi.

антистрuмин, наманgaн viloyatи

“Shundan so‘ng bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan sog‘liqni saqlash, SES, ta’lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni va tekshiruvning borishini muhokama qildik”, — deb yozdi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan, natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

антистрuмин, наманgaн viloyatи

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257−1-moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish… odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Gazeta.uz” avvalroq hududdagi 9 ta bog‘cha hamda 2 ta maktabning 70 dan ortiq tarbiyalanuvchi va o‘quvchisi zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida yozgan edi. Holatga tarkibida yod mavjud bo‘lgan “Antistrumin” mahalliy dori vositasi sabab bo‘lgani gumon qilinmoqda. Juma kunidan o‘rganishlar natijalariga qadar preparatni qo‘llash taqiqlandi.

Keyinroq prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq noxush holatdan “qattiq tashvishda” ekani aytildi.