25−27-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tadigan Automotive Industry Tashkent 2023 avtomobillar ko‘rgazmasida avtosanoat sohasidagi ilg‘or texnologiyalar namoyish etiladi.

Ko‘rgazmada siz O‘zbekiston, Rossiya, BAA, Janubiy Koreya, Xitoy, Qozog‘iston, Shvetsariya va boshqa mamlakatlar ishtirokchilarining stendlari bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Tashkilotchilar ko‘rgazmaga puxta tayyorgarlik ko‘rishgan, hamda butun O‘zbekiston bo‘ylab yirik kompaniyalar hamda ishlab chiqaruvchilar taklif etilgan.

Ko‘rgazmada 60 dan ortiq turdagi avtomobillar shu yerni o‘zida xarid qilish imkoniyati bilan taqdim etiladi.

Avtoko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar avtosanoatdagi taniqli biznesmenlar hamda blogerlar bilan uchrashishlari mumkin bo‘ladi.

Ko‘rgazma doirasida panel munozaralar, qiziqarli tanlovlar va shou-dasturi ham rejalashtirilgan.

Tadbirda uch kun davomida 20 mangdan dan ziyod tashrif buyuruvchilar kutilmoqda.

Kirish bepul, faqat ishtirok uchun oldindan Telegram-bot, ko‘rgazma sayti yoki (+998) 55−515−01−01 telefoni orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.

Manzil: Yunusobod t-ni, Amir Temur ko‘ch, 107.

Sayt: aite.uz
Telegram-bot: t.me/Aite_uzbot

Reklama huquqlari asosida.