24-sentabr kuni Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich kursantlarining tantanali “Vatanga qasamyod” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga xabar berdi.

Xususan, Qurolli Kuchlar akademiyasida mazkur oliy harbiy ta’lim muassasasi va Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi kursantlari qasamyod qabul qildi. Tantanali tadbirda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, harbiy xizmatchilar, ota-onalar va kursantlar ishtirok etdi.

Shuningdek, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida kursantlar qasamyod keltirish uchun saf tortdi. Marosimda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xalmuxamedov qatnashdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ham “Vatanga qasamyod” tantanalari o‘tkazildi.

Foto

mudofaa vazirligi, qasamyod

mudofaa vazirligi, qasamyod

mudofaa vazirligi, qasamyod

mudofaa vazirligi, qasamyod

mudofaa vazirligi, qasamyod

mudofaa vazirligi, qasamyod

mudofaa vazirligi, qasamyod

mudofaa vazirligi, qasamyod