22-sentabr kuni Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozini amalga oshirdi, deya xabar қилмоқда Uzbekistan Airports.

Toshkent vaqti bilan soat 23:09 da bortida 167 yo‘lovchisi bilan samolyot poytaxt aeroportiga kelib qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Dehliga uchayotgan yo‘lovchilar uchun tantanali ro‘yxatdan o‘tkazish marosimi bo‘lib o‘tdi.

indigo, деҳли-тошкент

Hindiston aviakompaniyasining muntazam parvozlari qulay A-320 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

IndiGo — bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.