28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida — poytaxt aeroportidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Portlashdan so‘ng kuchli yong‘in ro‘y berdi, u haligacha (ushbu yangilik e’lon qilingan paytgacha) to‘liq o‘chirilmagan. Portlash ovozi kilometrlab uzoqlikdagi hududlargacha eshitildi, tutun va olov yorug‘i boshqa joylardan ham ko‘rindi.

“Gazeta.uz” muxbiri Sabina Bakayevaning xabar berishicha, portlash to‘lqini ko‘p qavatli uylardagi o‘nlab xonadonlarning oynalarini sindirgan, uylar oldida ko‘plab tez yordam mashinalarini ko‘rish mumkin. Ko‘pgina aholi o‘z mashinalarida uxlashiga to‘g‘ri keldi. Ayrim mashinalarga esa shikast yetgan.

Voqea joyida ko‘plab huquq-tartibot idoralari xodimlari va maxsus xizmatlar bo‘lib turibdi.

“Gazeta.uz” muxbiri Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetib keldi, biroq barcha bemorlar shahar klinik shifoxonasiga yuborilayotgani aytildi.

Shahar klinik shifoxonasida bosh shifokor o‘rinbosari Ermuhammad Sotibaldiyevning aytishicha, jabrlanganlar soni aniqlanmoqda. Hozirgacha qancha odam qabul qilingani aytilmadi. Ko‘pgina bemorlarning yuzida tirnalishlar mavjud.

Omborxonada sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga Mudofaa vazirligi vertolyoti jalb etilgan. Voqea joyiga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham yetib kelgan. Ayni vaqtda yetkazilgan zarar va jabrlanganlar soni aniqlanmoqda.

Foto

Sabina Bakayeva suratlari

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

Ko‘p qavatli uyda yashovchilardan birining mashinasiga quvur parchasi kelib tushdi. Mashina 9 qavatli uy hovlisida turgan.Ko‘p qavatli uyda yashovchilardan birining mashinasiga quvur parchasi kelib tushdi. Mashina 9 qavatli uy hovlisida turgan.

Shikastlangan avtomobil.Shikastlangan avtomobil.

Kvartira egasi hech kim jabrlanmaganini aytdi. Bu oilaning ikki nafar farzandi bor. Ularni tashqariga olib chiqib ketishgan.Kvartira egasi hech kim jabrlanmaganini aytdi. Bu oilaning ikki nafar farzandi bor. Ularni tashqariga olib chiqib ketishgan.

9 qavatli uydagi kvartiralardan biridagi bolalar xonasi.9 qavatli uydagi kvartiralardan biridagi bolalar xonasi.

сергелиdaги portlash

Kvartiraning oshxonasi.Kvartiraning oshxonasi.

сергелиdaги portlash

Ofis binosidagi stomatologiya.Ofis binosidagi stomatologiya.

Deraza bolaning boshiga qulagan. Uni kasalxonaga olib ketishdi, demoqda onasi.Deraza bolaning boshiga qulagan. Uni kasalxonaga olib ketishdi, demoqda onasi.

“Ta’mirlash ishlari paytida kutib turadigan joyimiz yo‘q, — dedi zarar yetgan kvartiraning egasi. — Biz shu yerda qolamiz, qayerga ham borardik?”“Ta’mirlash ishlari paytida kutib turadigan joyimiz yo‘q, — dedi zarar yetgan kvartiraning egasi. — Biz shu yerda qolamiz, qayerga ham borardik?”

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

Aholi skameykalarda, avtomobillari borlari, shuningdek, bolalar mashinalarda uxladi.Aholi skameykalarda, avtomobillari borlari, shuningdek, bolalar mashinalarda uxladi.

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

O‘t o‘chiruvchilar buyruqni kutmoqda.O‘t o‘chiruvchilar buyruqni kutmoqda.

сергелиdaги portlash

Yongan o‘t-o‘lanlar nafaqat ombor hududida, balki turar joylar oldida ham mavjud.Yongan o‘t-o‘lanlar nafaqat ombor hududida, balki turar joylar oldida ham mavjud.

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

Mushtariy Oqboyeva suratlari

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

Yong‘inni o‘chirishga Mudofaa vazirligi vertolyoti jalb etildi.Yong‘inni o‘chirishga Mudofaa vazirligi vertolyoti jalb etildi.

“Manba” Telegram kanali

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

сергелиdaги portlash

“Gazeta.uz” muxbirlari voqea joyida bo‘lib, vaziyatni o‘rganmoqda.