O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev AQShga safari chog‘ida Mayami xalqaro aeroportining marketing va savdo bo‘yicha direktori Emir Peneda bilan uchrashdi, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. Xususan, Toshkent va Mayami aeroportlari o‘rtasida muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish istiqboli muhokama etildi, deyiladi xabarda.

Mayami aeroporti 2022-yilda 50 milliondan ortiq yo‘lovchi qabul qilgan va AQShda COVID-19 pandemiyasidan keyin birinchilar qatorida o‘sishga erisha olgan. Xususan, yuk tashuvlari bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqqan.