oktabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda oktabr oyining birinchi haftasida harorat +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +13…+18 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab harorat 0…-3 darajagacha tushishi ham mumkin. Yomg‘ir 4 kundan 8 kungacha kuzatiladi, qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi vafot etgan bolalarning yaqinlariga ta’ziya bildirdi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri sud majlisidagi nutqini marhum 65 nafar bolaning oila a’zolariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U pora oldi-berdisida vositachilik qilganini tan oldi va hind ishlab chiqaruvchisidan boshlig‘iga 33 ming dollarni qanday yetkazib berganini aytib berdi.

Bloger Farhod Mannopov vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi

Bloger Farhod Mannopovning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilingan.

O‘zbekistonda bo‘lajak shifokorlardan robot-simulyatorlar imtihon oladi

O‘zbekistonda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-ko‘nikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi.

“Bu mavzuga chuqur kirmanglar”. SSV rahbari jurnalistlarga “Antistrumin” dorisi bo‘yicha maslahat berdi

SSV rahbari Amrillo Inoyatov seshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat berdi. “Bu mavzu bilan shug‘ullanayotgan odamlar bor. Nima bo‘lsa ham, o‘zi tekshiradi, o‘zi javobini beradi. Bu mavzuga chuqur kirmanglar”, — dedi vazir.

Senat farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq qonunni ko‘rib chiqadi

Senatning 45-yalpi majlisida farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, pedogogning maqomi va yer to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Senatorlar Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlash hamda ombudsman o‘rinbosarini saylash haqidagi qonunlarni ham muhokama qiladi.

IIV nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ro‘yxatini shakllantirishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi jinoyat sodir etgan, jinoyat qilishi mumkin bo‘lgan hamda nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ro‘yxatini shakllantirishi mumkin. Buni nazarda tutuvchi qaror loyihasida tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni mutasaddilar tomonidan otaliqqa olish tartibini joriy etish ham belgilangan.

O‘zbekistonda “mahalla yettiligi” tashkil etildi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi

Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi. Mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam va kreditlar hal etiladi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi. Shuningdek, mahalla raisining vakolatlari kengayadi.

Toshkent aeroporti yaqinidagi 1422 daraxt ko‘prik rekonstruksiyasi sababli ko‘chirilishi mumkin

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi sababli 1422 daraxt boshqa hududga ko‘chirilishi mumkin. Shundan 69 tupi loyihaning birinchi bosqichida jamoatchilik roziligi bilan aeroport yaqinidagi bog‘ga o‘tkaziladi. Ko‘chiruvchi kompaniya daraxtlarning 100 foiz yashab ketishiga va’da berdi.

Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlari uchrashdi

Toshkentda O‘zbekiston, AQSh, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh shtablari boshliqlari mintaqaviy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.

“Bizni bitta narsa qutqaradi — sadoqat, vatanga muhabbat va fidoyilik” — prezident

“Yettilik"ga aylangan “mahalla beshligi” tizimi “eshituvchi davlat” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish maqsadida yaratilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Odamlarning bizga bergan ishonchini oqlaymiz desak, bizni bitta narsa qutqaradi — sadoqat, vatanga muhabbat va fidoyilik”.

Istanbuldagi bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni konsomatrislik bilan shug‘ullanishdan ogohlantirdi

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni tungi kafelarda konsomatrislik bilan shug‘ullanmaslikka chaqirib, bu ish mamlakatdan deport qilinishga sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.

UzAuto Motors oxirgi shartnomalar nima uchun faqat avtosalonlarda tuzilganini tushuntirdi

O‘tgan haftada UzAuto Motors o‘z avtomobillari uchun shartnomalarni qayta ochdi. Ikki soat ichida 28 ming avtomobil uchun ariza topshirildi. Biroq shartnomalar faqat avtosalonlarda tuzildi, bu esa yana uzun navbatlarni yuzaga keltirdi. Kompaniya bu qarorini olibsotarlarga qarshi kurash bilan izohladi.