Sirdaryo viloyatida qalbaki 8370 AQSh dollarini muomalaga chiqarishga urinishning oldi olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Guliston tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Yangiyer shahar A.Jomiy MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.

Ularning yonida 33 dona 100 dollarlik qalbaki banknot, 101 dona 50 dollarlik qalbaki banknot va bitta 20 dollarlik banknot bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.