Xitoy Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Ketsyan 27-oktabrga o‘tar kechasi 68 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “Sinxua”.

Axborot agentligi xabariga ko‘ra, Ketsyan to‘satdan yurak xurujiga uchragan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.

Oxirgi kunlarda Li Ketsyan Shanxayda davolangandi. Li Ketsyan 2013-yil martidan 2023-yil martigacha Xitoyning oliy davlat ijroiya organi bo‘lgan Davlat kengashi bosh vaziri lavozimida ishlagan.

Xitoy qonunchiligi uchinchi muddatga qayta saylanishiga imkon bermagani uchun u o‘z lavozimini tark etgan.

Li Ketsyan O‘zbekistonga bir necha bor — 2009, 2013, 2019 va boshqa yillarda tashrif buyurgan.