O‘zbekistondagi beshta arxeologik yodgorlik ochiq osmon ostidagi muzey va sayyohlik obyektlariga aylanadi, deya xabar qildi Madaniy meros agentligi matbuot xizmati.

Madaniy meros agentligi xodimlari Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda arxeologiya sohasi mutaxassislari va mutaxassislari bilan hamkorlikda arxeologiya yodgorliklarini konservatsiyalash, ularda ochiq osmon ostidagi muzeylar tashkil etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda, deyiladi xabarda.

шероз qal’a, маданий meros agentligi, қўйқирилgaн qal’a

Hududiy restavratsiya markazlari tomonidan Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa”, Surxondaryo viloyatidagi “Dalverzintepa”, Andijon viloyatidagi “Mingtepa”, Samarqand viloyatidagi “Sheroz qal’a”, Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi “Qo‘yqirilgan qal’a” arxeologik yodgorliklarida qator ishlar amalga oshirildi.

“Sheroz qal’a” arxeologik yodgorliklarini muzeylashtirish uchun Madaniy meros agentligi tomonidan 1 mlrd so‘m, “Dalverzintepa” 800 mln so‘m, “Chilonzor Oqtepa”ga 500 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

шероз qal’a, маданий meros agentligi, қўйқирилgaн qal’a

obyektlarning konvervatsiyalanadigan qismlari metall konstruksiyalar bilan qoplangan yoki panjara bilan o‘ralgan bo‘ladi. Kuzatuv maydonchalari qurish, tashrif buyuruvchilar uchun o‘rindiqlar joylashtirish, yo‘lakchalar yotqizish, lampalar o‘rnatish ham rejalashtirilgan.

Qarorda ko‘rsatilgan barcha memorial majmualarda loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlar olib borilmoqda.