O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi etib tayinlangan Baxtiyor Ibragimov Vena shahriga keldi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili (2017−2023) lavozimida ishlagan.

Baxtiyor Ibragimov 57 yoshda. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.

1992-yildan TIV tizimida ish boshlagan. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning AQSh va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Baxtiyor Ibragimov 2020—2023-yillarda Venada elchi bo‘lib ishlagan Abat Fayzullayev o‘rniga Avstriyadagi diplomatik missiya rahbari etib tayinlandi. Fayzullayev, o‘z navbatida, endilikda Italiyadagi diplomatik missiyani boshqaradi.