Perfectum brendi ostida ishlayotgan va uzoq vaqt davomida CDMA standartida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatayotgan Rubicon Wireless Communication MCHJ QK O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘z biznes transformatsiyasini boshlamoqda.

O‘zbekiston telekommunikatsiya bozori hamda mamlakat iqtisodiyotining o‘sib borayotgan extiyojlarini to‘liq taxlil qilgan xolda, Perfectum kompaniyasida zamonaviy texnologiya 5G New Radio`ga asoslangan biznes transformatsiyasi strategiyasi qabul qilindi.

5G — bu beshinchi avlod mobil aloqasi standarti bo‘lib, u 25 Gbit/s gacha yuqori internet tezligi va minimal 1−2 ms gacha signal uzatish kechikishlari bilan farqlanib turadi. Birinchi bosqichda, kompaniya Respublika radiochastotalar kengashiga murojaat qilib, o‘z strategiyasi to‘liq tushuntirib berdi va O‘zbekiston bo‘ylab beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘ini ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan chastota resursi ajratishni so‘radi. Kompaniyaning murojaati kengash tomonidan qanoatlantirildi va endilikda Perfectum n77 diapazonida joylashgan 100 MGts FDD chastota resursiga ega, bundan tashqari, n5 diapazonida 15 MGts FDD chastotasi ham kompaniya ixtiyoridadir.

perfectum, реклама

Bundan tashqari, kompaniya ixtiyorida n5 diapazonidagi 15 MGs FDD bor. Mavjud spektrni hisobga olgan holda, jismoniy shaxslar va O‘zbekiston korxonalari abonentlari orasida talabchan mijozlar uchun 5G NR standartining barcha afzalliklaridan maksimal darajada foydalanishni hisobga olgan holda tarmoqni ishga tushirish uchun mos 5G SA (Stand Alone) modelini tanlashga qaror qilindi. Model turli toifadagi iste’molchilar uchun mos keladi — gadjet foydalanuvchilaridan tortib sanoat korxonalari va shahar infratuzilmasigacha. Bu model turli xil iste’molchilar toifalariga to‘g‘ri keladi — gadjet foydalanuvchilardan tortib, sanoat korxonalari va shahar infrastrukturasigacha.

Kompaniya 5G texnologik yechimlarni ishlab chiqish uchun kuchli turtki bo‘ladi deb xisoblamoqda, masalan quyidagilar:

  • IoT internet buyumlari;
  • haydovchisiz avtotransport vositalari;
  • teletibbiyot;
  • virtual va kengaytirilgan xaqiqat — VR/AR.

5G yangi texnologiya tushunchasini taklif qilib, kontekstni kengaytiradi. 5G — bu iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari rivojlanishiga qo‘shimcha turtki bera oladigan innovatsion ilg‘or platformadir. Yangi xizmatlar, biznes modellari, qurilmalar, ishlab chiqarish zanjirlari va infratuzilma o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir turlari paydo bo‘lishi kutilmoqda. 5G tarmoqlar ular faol ishlaydigan mamlakatlarning YAIM`ni bir necha foizgacha o‘sishiga xizmat qilishi mumkin. Ushbu imkoniyatlarning deyarli barchasi investorlar uchun mamlakat rahbariyati raqamlashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish asosida milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish yo‘lini tanlaganidan so‘ng ochila boshladi.

“Biz noyob salohiyatimizni yanada rivojlantirish, mamlakatimizni qudratli sanoat makoniga, jahon bozorida raqobatbardosh yuqori texnologiyali, innovatsion, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan zamonaviy mamlakatga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni qabul qildik va biz ularni albatta amalga oshiramiz. Biz nafaqat mohir paxtakor va bog‘bonlar o‘lkasi, balki IT bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, injener va energetiklar, konchi va metallurglar, fizik va kimyogarlar mamlakati bo‘lishimiz kerak”, — deb qayd yetdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan inauguratsiya nutqida.

5G SA tarmog‘ining dunyodagi yetakchi mobil aloqa tizimlari yaratuvchilaridan va ishlab chiqaruvchilaridan biri Nokia kompaniyasi ishtirokida ishga tushirilishi qisqa vaqt ichida butun O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqni kengaytirishga yordam beradi. Nokia rahbariyati bilan tegishli muzokaralar hamkorlik memorandumi imzolanishi bilan yakunlandi. Shu bilan birga, 2023-yil oktabr oyida BAAda bo‘lib o‘tgan GITEX ko‘rgazmasida Perfectum global uyali aloqa operatorlaridan biri — e& (Etisalat and) kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzdi.

perfectum, реклама

“Xamkorning tajribasi va keng ekspertizasi asosida Perfectum texnologik platformaning ishlashi sohasida xam, yuqori darajadagi tijorat rivojlanishi nuqtai nazaridan ham barcha biznes jarayonlarini yuqori darajada tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Kompaniya umid qiladiki, e& brendi O‘zbekistonda munosib taqdim etiladi. Ta’kidlash joizki, Perfectum Markaziy Osiyodagi birinchi 5G NR tarmoqlaridan birini Stand Alone variantida ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Bizni katta o‘zgarishlar kutmoqda va bu o‘zgarishlar yaxshi tomonga”, — deya Perfectum bosh direktori Dmitriy Shukov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havoladan olish mumkin.

Telefonlar: (+998) 98−305−11−11, (+998) 98−127−00−77, 077 (Perfectum mijozlari uchun).

Sayt: perfectum.uz
Facebook: fb.com/Perfectum.Uzbekistan
Instagram: @perfectum_uz
Telegram: t.me/PerfectumUZ
Odnoklassniki.ru: ok.ru/perfectumuz
Linkedin: linkedin.com/company/perfectumuz.

Reklama huquqlari asosida.