Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tarilib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +26…+29 darajagacha isishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 2026-yilgacha elektr energiyasining erkin ulgurji bozori tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev energetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlari bilan tanishdi. 2024-yil oxirigacha elektr energiyasining yagona savdo maydonchasini yaratish, 2026-yilgacha esa erkin ulgurji bozorni joriy etish rejalashtirilgan.

Yana bir bor tomonlarni qurolli mojaroni to‘xtatishga chaqiramiz — O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin urushi bo‘yicha

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastin, Isroil va yana 7 ta mamlakatning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilinib, G‘azo sektoridagi vaziyat haqida gaplashildi. Bolalar qurbon bo‘layotgan mojaroni to‘xtatishga yana bir bor chaqiramiz, deydi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.

O‘zbekistonga olib kirilayotgan telefonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi

Raqamli rivojlanish vazirligi O‘zbekistonga olib kirilayotgan mobil telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirilganini e’lon qildi. Endi ro‘yxatdan o‘tkazish Face-ID orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, xorijliklar uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilmoqda.

Sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi

Senat ma’qullagan qonunlarga ko‘ra, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.

O‘zbekiston MDH mamlakatlari energiya tizimi yaxlit ishlashi uchun sharoitlar yaratishni taklif qildi

Bosh vazir Abdulla Aripov MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi majlisida hamdo‘stlik mamlakatlari energetika tizimlarining yaxlit ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, MDHning yagona elektron tijorat platformasini yaratishni taklif etdi.

O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi etib tayinlangan Baxtiyor Ibragimov Vena shahriga yetib bordi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

“Tolariq” metro bekatidan “Quruvchilar” dahasigacha bo‘lgan bekatlar 3 kunga yopiladi

Metropolitenning Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan 2 ta bekatida qurilish ishlari tugatiladi. Yangi bekatlarni eskisiga bog‘lash ishlari sabab 3−5-noyabr kunlari “Tolariq”, “Xonobod” va “Quruvchilar” bekatlari yopiladi. Uning o‘rniga bepul avtobuslar harakatlanadi.

Nukus va Bobur ko‘chalaridagi ta’mirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakunlanishi ma’lum qilindi

Toshkent hokimligi tirbandliklarga sabab bo‘layotgan Nukus va Bobur ko‘chalaridagi ta’mirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakuniga yetkazilishini ma’lum qildi.

Perfectum raqamli evolyutsiyani boshlamoqda

Perfectum aloqani yanada yaxshilash maqsadida 5G New Radio texnologiyasini joriy etishga qaror qildi. Loyihani amalga oshirish uchun Respublika radiochastotalar kengashi tomonidan chastota resursi ajratildi.

O‘zbekistonda “mobil qullik” bekor qilindi

O‘zbekistonda raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish xizmati ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda jismoniy shaxslar o‘zi o‘tishni xohlagan mobil aloqa operatori ofisiga tashrif buyurgan holda murojaat qiladi va mobil raqami ko‘chirilgan yangi sim kartani olib ketadi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

Qo‘llanma: Raqamni saqlagan holda mobil kompaniyani qanday o‘zgartirish mumkin?

O‘zbekistonliklar endi telefon raqamini saqlab qolgan holda mobil operatorni o‘zgartira oladi. Xo‘sh, ushbu xizmatga qancha vaqt va pul ketadi? Raqam hisobidagi ortiqcha pul ham o‘tadimi? Raqamga ulangan plastik karta va ilovalar nima bo‘ladi? Mazkur savollarga javoblar — “Gazeta.uz” qo‘llanmasida.