Prezidentning “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2024-yil 2-yanvar, seshanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Bundan kelib chiqadiki, ish haftasidan qatiy nazar barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun:

  • 30-dekabr (o‘tgan yilgi farmonga ko‘ra qo‘shimcha dam olish kuni)
  • 31-dekabr (yakshanba);
  • 1-yanvar (Yangi yil bayrami);
  • 2-yanvar (qo‘shimcha dam olish kuni) dam oladi.

Lekin 6-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — seshanba kuniga ko‘chirilgani bois haftada 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar uchun 6-yanvar ish kuni hisoblanadi.