Asaxiy Books 2023-yil davomida eng xaridorgir kitoblar reytingini tuzdi. “Yil bestsellerlari 2023” reytingida asaxiy.uz orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan 20 kitob o‘rin olgan.

Ro‘yxatni 20 o‘rin bilan amerikalik yozuvchi Rey Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” romani boshlab bergan bo‘lsa, kuchli uchlikdan “Molxona” (Jorj Oruell) asari o‘rin egallagan. Ikkinchi o‘rinda esa moliyaviy savodxonlikka qaratilgan “Latte omili” yil mobaynida eng talabgor kitoblardan biri bo‘ldi.

Yil davomida eng ko‘p sotilgan kitob sifatida reytingning birinchi o‘rnini Jeyms Klirning yomon odatlarni yo‘qotish, yaxshilarini shakllantirish haqida so‘zlovchi xalqaro bestseller kitobi “Atom odatlar” egalladi.

Quyida “Yil bestsellerlari 2023” ro‘yxati bilan to‘liq tanishishingiz mumkin:

  1. Jeyms Klir “Atom odatlar” — 300 bet.
  2. Devid Bax, Jon Devid Mann “Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari” — 236 bet.
  3. Jorj Oruyell “Molxona” — 100 bet.
  4. Malkolm Gladuell “Zukkolar va landavurlar” — 240 bet.
  5. Kel Nyuport “Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari” — 230 bet.
  6. Piter Hopkirk “Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi” — 744 bet.
  7. Charlz Uilan “Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi” — 540 bet.
  8. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari” — 676 bet.
  9. Jorj Oruyell “1984” — 338 bet.
  10. Jon G. Miller “SOS! Savol ortidagi savol” — 104 bet.
  11. Uolter Ayzekson “Stiv Jobs” — 624 bet.
  12. Mark Menson “Beparvolikning nozik san’ati” — 192 bet.
  13. Devid Nikolls “Bir kun. Bir muhabbat tarixi” — 496 bet.
  14. Javlon Jovliyev “Qo‘rqma” — 368 bet.
  15. Barbara Oukli “Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi” — 352 bet.
  16. Hans Rosling “Fastfulness” — 344 bet.
  17. Klaus Shvab “To‘rtinchi sanoat inqilobi” — 248 bet.
  18. Ato Hamdam, Leonid Chigrin “Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari” — 432 bet.
  19. Teodor Drayzer “Sarmoyador” — 700 bet.
  20. Rey Bredberi “Farengeyt bo‘yicha 451º” — 224 bet.

Asaxiy.uz ushbu kitoblarni yagona to‘plamda chegirma narxda taklif qilmoqda. Faqat 31-dekabrgacha to‘plam narxi 1 059 000 co‘m o‘rniga 699 000 co‘mni tashkil etadi. Qolayersa, to‘plamni O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish bepul.

To‘plamni xarid qilish: asaxiy.uz/u/bestseller2023

Reklama huquqlari asosida.