Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda 2023-yilning 23-dekabr kuni soat 10:00 dan e’tiboran Toshkent shahri Talabalar shaharchasida joylashgan O‘zbekiston Milliy universiteti (mo‘ljal: “Beruniy” metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki ta’til munosabati bilan doimiy yashash joylariga jo‘nab ketuvchi talabalar uchun qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.

Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilmoqda:

  • Toshkent — Olot (Buxoro);
  • Toshkent — Qarshi;
  • Toshkent — Termiz.

Chiptalar O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Toshkent-Olot (Buxoro) yo‘nalishi bo‘yicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yo‘nalishda belgilangan narxlarda xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlariga jo‘nab ketuvchi talabalar uchun alohida qo‘shimcha temir yo‘l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yo‘nalishlarda imtiyozli temiryo‘l chiptalari O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (mo‘ljal: “Beruniy” metrosi) orqali berilishini ma’lum qilingan.