Xitoy dunyodagi birinchi oltinchi avlod (6G) aloqa sinovi uchun sun’iy yo‘ldoshini uchirdi.

«Tayyuan kosmodromidan uchirilgan qurilma yana 12 sun’iy yo‘ldosh bilan orbitaga yuborildi», deb habar bermoqda BBC.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eksperimental texnologiya teragers chastotasida sinovdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari, sun’iy yo‘ldoshda ekinlar va o‘rmon yong‘inlarini kuzatish texnologiyalari ham mavjud.

Ta’kidlanishicha, telekommunikatsiya sohasi hamon 6G ning texnik xususiyatlari bo‘yicha bir qarorga kelish qiyin va uzoq vaqt olishi bois sinovdan o‘tayotgan texnologiyaning standartga aylanishiga kafolat yo‘q.