8 noyabr kuni soat 18:35 da «Bog‘ot-Xazorasp» temir yo‘lining 357-km 3-to‘siqda temir yo‘lning yonida noma’lum shaxs yotganligi sababli «Xiva-Urganch-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi shoshilinch to‘xtatilgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni Xorazm viloyati IIB TXTBga «Urganch» lokomotiv deposi navbatchisi telefon orqali xabar bergan.

Aniqlanishicha, Xorazm viloyati, Xazorasp tumani, Pichoqchi qishlog‘ida yashovchi, 1981 y.t. E.I. mast holda temir yo‘l yonida uxlab qolgan. Soat 18:29 da harakatdan to‘xtagan poyezd 18:45 da o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yurishda davom etgan.

Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.