Hukumatning 6 noyabrdagi «Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan ilmiy nashrlar bo‘yicha milliy bazaning elektron platformasi tashkil etilishi belgilanmoqda. Mazkur bazaga 2021 yil yakuniga qadar respublikada nashr qilingan ilmiy jurnallardagi maqolalarning elektron shakldagi matnlari kiritiladi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • 2021 yil 1 yanvardan stajyor-tadqiqotchi, izlanuvchi, ilmiy rahbar va konsultantlarga doir ma’lumotlar banki shakllantiriladi. Shuningdek, institutlarning faoliyat samaradorligi monitoring qilinadi.
  • 2021 yil 1 martdan stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va unda o‘qish uchun qabul kvotalari bo‘yicha buyurtmanoma shakllantiriladi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish uchun talabgorlar ro‘yxatga olinadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligiga Yagona elektron tizimning sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash vazifasi yuklatilmoqda.