Rossiya vertolyoti Armaniston va Ozarbayjon chegarasida qulab tushdi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi uning PZRKdan urib tushirilganligini ma’lum qildi. «Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ushbu fojiali hodisa Rossiyaga qarshi qaratilgan harakat emas deb ishontiradi», deya rasmiy Baku bayonotini keltiradi RIA Novosti.

Hodisa Yerasx qishlog‘i yaqinida, Armaniston va Ozarbayjon qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etayotgan Tog‘li Qorabog‘dan 100 kilometrdan uzoqroq masofada sodir bo‘lgan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, vertolyot tasodifan urib tushirilgan. Ozarbayjon Rossiya tomonidan uzr so‘rab, tovon to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Armaniston Bosh prokuraturasi urib tushirilgan vertolyot bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi to‘g‘risida xabar berdi. Ozarbayjon Bosh prokuraturasi esa «qonuniy va ob’ektiv qaror qabul qilinishi» uchun tergovni boshladi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning vertolyoti tunda, Armaniston-Ozarbayjon davlat chegarasiga yaqin joyda, past balandlikda va havo mudofaasi radarlari aniqlanadigan hududdan tashqarida parvoz qilganini aytmoqda.

Boku, shuningdek, «ilgari ko‘rsatilgan hududda Rossiya havo kuchlari vertolyotlari ko‘rinmagan» deb da’vo qildi.

«Ushbu omillar kontekstida va mintaqadagi keskin vaziyatni hisobga olgan holda navbatchi jangovar, ekipajga o‘t ochish to‘g‘risida qaror qabul qilgan», — deyiladi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana biri o‘rtacha darajadagi tan jarohati bilan evakuatsiya qilindi.