Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi lavozimiga Valiyev Moxir Kamolovich tayinlandi. Bu haqda Kadastr agentligining matbuot xizmati xabar berdi.

Moxir Valiyev 2020 yil yanvardan bugunga qadar Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi tizimida Kadastr agentligi tuzilgani haqida xabar bergan edik.