Virgin Hyperloop kompaniyasi transportning yangi turi — vakuumli poyezd kapsulasi prototipining birinchi yo‘lovchi sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Kapsulaning birinchi yo‘lovchilari kompaniyasi asoschilaridan biri Josh Gigel va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha direktor Sara Luchian bo‘lishdi. Sinovlar 8 noyabr, yakshanba kuni 500 metrli tunnel qurilgan Nevadadagi DevLoop sinov maydonida bo‘lib o‘tdi.

Sinovlar uchun ikki kishilik maxsus XP-2 kapsulasi qurilgan edi. Seriyali tashuvchi transport ancha kattaroq bo‘lishi va 28 kishini sig‘dira olishi ma’lum. Kichraytirilgan prototip ushbu turdagi sayohatlarning xavfsizligini namoyish etishga qaratilgan edi, deya ma’lum qildi Virgin Hyperloop.

Tunnel orqali o‘tish paytida kapsula tezligi 48 m/s gacha ko‘tarildi. Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, sinovlar «astronavtlarga o‘xshamaslik» uchun oddiy kiyimlarni kiyishgan.

Hyperloop g‘oyasi 2012 yilda muhandis, tadbirkor va investor Ilon Mask tomonidan taqdim etilgan. Yangi transport vositasi samolyotdan ikki baravar tez va tezyurar poyezddan uch-to‘rt baravar tezroq bo‘lishi kutilmoqda. Hyperloop One dan tashqari Hyperloop Transportation Technologies ham ushbu sohadagi ishlanmalar bilan shug‘ullanmoqda.