O‘tgan yilning noyabr oyida Samarqand shahrida xotinini va u bilan birga bo‘lgan erkakni savdo markazida pichoqlagan fuqaro haqida xabar bergan edik. Jabrlanganlar o‘tkir qon yo‘qotishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur ish yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudda ko‘rib chiqildi. Fuqaro Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2 qismi “a” i “j” bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topilib, 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Jazo muddatini 2020 yil 20 noyabr kunidan boshlab o‘talayotgani hisoblanishi ma’lum qilindi.