O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishi oqibatida tabiiy gaz iste’moli hajmining keskin ortishi kutilayotgani sabab, tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga yo‘naltiriladi, deya xabar berdi «Hududgazta'minot» AJ.

Shu sababdan «Hududgazta'minot» AJ barcha avtotransport haydovchilariga, o‘z avtomobillariga gaz to‘ldirish ishlarini ertalabki 05:00 dan — kechki 15:00 vaqt oralig‘ida texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishni tavsiya qildi.

«Hududgazta'minot»ning «Gazeta.uz»ga bergan xabariga ko‘ra, agar sovuq ob-havo davom etadigan bo‘lsa, ayrim hududlarda gaz quyish shohobchalari ish vaqti cheklanishi mumkin.