Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar Quruvchilar ko‘chasida 2 nafar fuqarolar voyaga yetmagan shaxsni urayotganligi aks etgan videolavha tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, 21 fevral kuni fuqaro B.P farzandi N.K bilan birgalikda Farg‘ona shahar Quruvchilar ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan X.Sh. ni o‘zaro kelishmovchilik sababli urib, tepib tan jarohati yetkazgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.