19 fevral kuni soat 09:00larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, M.Jo‘raboyev ko‘chasida, haydovchi, L.T. (1987 y.t.) «Vaz-2101"rusumli avtomobil boshqaruvi paytida, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotan piyoda, B.Z.ni (2005 y.t.) urib yuborgan. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

YTH oqibatida piyoda, 15 yoshli B.Z. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.

Mazkur hodisa yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.