23 fevral kuni Vodil-Farg‘ona avtomobil yo‘lida fuqaro Q.Sh. «Lasetti-2» avtomashinasi boshqaruvi paytida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.I. boshqaruvidagi «Matiz» bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

«Matiz» avtomashinasida uchqun chiqib yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida, mashinada bo‘lgan yo‘lovchi ayol Q.T. hodisa joyida vafot etgan.

«Matiz»da bo‘lgan yana bir yo‘lovchi ayol J.M. shifoxonada vafot etdi. Haydovchilar Q.Sh. va S.I.lar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 3 qismi «a» bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «Lacetti-2» haydovchisi Q.Sh. protsessual tartibda ushlangan.