Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan va hukumatni inqiroz paytida asossiz qarorlar chiqarayotganlikda ayblab, iste’fo berishni talab qilmoqda, deya xabar berdi «Novosti Armenii».

Bunday holat Armaniston bosh shtabi qo‘mondoni o‘rinbosari Tiran Xachatryan ishdan bo‘shatilganidan so‘ng yuzaga keldi. Iste’fo Xachatryan Nikol Pashinyanning «Iskander» zenit-raketa majmuasi haqidagi fikrlarini «jiddiy bo‘lmagan» so‘zlar deb ataganidan so‘ng yuz berdi.

«Bosh vazir va Armaniston hukumati arman xalqi uchun hal qiluvchi pallalarda yetarli darajada xolis qarorlar qabul qila olmayapti», — bosh shtab bayonotida.

Nikol Pashinyan ushbu harakatni «harbiy to‘ntarish qilishga urinish» deb atadi va barcha tarafdorlarini respublika maydoniga yig‘ilishga chaqirdi.

Nikol Pashinyan, shuningdek, bosh shtab boshlig‘i Onik Gasparyanni iste’foga chiqardi.