Qahramon Anvarjonovich Yo‘ldoshev Qishloq xo‘jaligi vazirining agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbalari xabar berdi.

Ushbu lavozim 24 fevral kuni prezident qarori asosida joriy etilgan edi.

Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan Qahramon Yo‘ldoshev agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.