IKEA O‘zbekistonda fabrika ochishni rejalashtirayotganiga oid xabarlarni rad etdi.

Avvalroq, 8 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Toshkent viloyatlaridagi investitsiya loyihalari bilan tanishgan haqida yozgan edik. Unda davlat rahbariga IKEA kompaniyasnining innovatsion mebel ishlab chiqarish fabrikasi qurilishi loyihasi ham taqdim etilgandi. Loyihaga ko‘ra, mazkur fabrika 22 oy ichida qurilishi reja qilingan.

Bu bo‘yicha batafsil ma’lumot olish maqsadida «Gazeta.uz» IKEA kompaniyasining OAV bilan ishlash bo‘limi bilan bog‘landi. Kompaniya yuqoridagi xabar rad etmoqda.

«IKEA Supply`ning boshqa kompaniyalari singari, IKEA Industry O‘zbekistonda fabrika ochishni rejalashtirmayapti. Yangi bozorlarga kelsak, IKEA 2025 yilga qadar dunyo bo‘ylab ko‘proq xaridorlarni jalb qilishni davom ettirish maqsadida 12 ta yangi bozorga kirishni rejalashtirmoqda. Mazkur faoliyatni kengaytirish rejasida O‘zbekiston ishtirok etmaydi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Prezidentga taqdim etilgan loyihaning umumiy qiymati 52 mln AQSh dollari miqdorida baholangan edi. Shundan 10 mln dollar mablag‘ loyiha tashabbuskorining o‘z hisobidan, qolgan 42 mln dollar esa xorijiy investitsiya evaziga moliyalashtirilishi aytilgan edi.