«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xonobod shahrida temir yo‘l vokzali qurildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

U 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, kuniga 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Ushbu yangi stansiya qurilishi bilan 20 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi, deya ta’kidladi vazirlik.

Birinchi yo‘lovchi poyezdi Andijon-Xonobod yo‘nalishi bo‘yicha 19 mart kuni ertalab harakatlandi.