Qarshida Lacetti haydovchisi 2 nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborib, YTH sodir etdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

13 mart kuni soat 14:30larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida haydovchi Sh. S. Lacetti rusumli avtomobilni orqaga boshqarayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli S. A. va 9 yoshli A.A.larni urib yubordi.

YTH natijasida, voyaga yetmagan bolalar tan jarohati olib birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ikkala voyaga yetmagan bolalar yengil tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli hujjatlar to‘plangan va Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan.