Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda
31 may 2021, 13:33

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 2021 yilga qoldirilgan uchinchi maslahat uchrashuvi vaqti hozircha ma’lum emas, biroq O‘zbekiston uning yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishini kutmoqda. «Onlayn format ko‘zda tutilayotgani yo‘q», — dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Sabina Tashkenbayeva badiiy gimnastika bo‘yicha birinchi Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi
31 may 2021, 13:21

Sabina Tashkenbayeva badiiy gimnastika bo‘yicha birinchi Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Italiyadagi Jahon kubogida Sabina Tashkenbayeva badiiy gimnastika bo‘yicha Tokio olimpiadasiga yo‘llanma beradigan litsenziyani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymati 440 ming so‘m etib belgilanmoqda
31 may 2021, 13:13

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymati 440 ming so‘m etib belgilanmoqda

O‘zbekistonda ilk bor minimal iste’mol xarajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, bir kishi uchun minimal iste’mol xarajatlari 440 ming so‘mni tashkil etadi. Bunda, jon boshiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat (2200 kkal) va zarur bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlar uchun minimal iste’mol xarajatlar hisobga olingan.

Samarqandda 9-sinf o‘quvchisi sheriklari bilan maktab direktori o‘rinbosarini kaltakladi
31 may 2021, 13:04

Samarqandda 9-sinf o‘quvchisi sheriklari bilan maktab direktori o‘rinbosarini kaltakladi

Toyloq tumanidagi maktablardan birida 9-sinf o‘quvchisi sheriklari bilan maktab direktor o‘rinbosarini kaltakladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi barcha aeroportlarning boshqaruvchisi bo‘ldi
31 may 2021, 12:57

Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi barcha aeroportlarning boshqaruvchisi bo‘ldi

Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar bilan boshqaruv shartnomalarini imzoladi. Shu tariqa, aeroportlarni yagona markazdan rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratildi, dedi kompaniya rahbari Ra’no Jo‘rayeva.

Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayolning qotili kelini emasligi ma’lum qilindi
31 may 2021, 12:44

Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayolning qotili kelini emasligi ma’lum qilindi

Bosh prokuratura Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayolni sobiq kelini emas, balki u bilan turmush qurgan erkak o‘ldirganligini ma’lum qildi. Hozirda u qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Surxondaryoga boradi
31 may 2021, 12:04

Shavkat Mirziyoyev ertaga Surxondaryoga boradi

1 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga boradi. Viloyatda davlat raxbari ikki kun mobaynida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 29,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
31 may 2021, 11:57

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 29,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1 trln 268,2 mlrd so‘mlik, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28 trln 271,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Nigeriyalik jangarilar tomonidan 200 ga yaqin maktab o‘quvchilari o‘g‘irlandi
31 may 2021, 11:14

Nigeriyalik jangarilar tomonidan 200 ga yaqin maktab o‘quvchilari o‘g‘irlandi

Yakshanba kuni Nigeriyaning Tegina shahridagi maktabga jangarilar hujum qildi. 200 nafar maktab o‘quvchilari o‘g‘irlab ketildi, ikki kishi jarohatlandi.

Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilmoqda
31 may 2021, 11:08

Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilmoqda

Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirganligi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda so‘nggi kun ichida 211 kishida koronavirus qayd etildi
31 may 2021, 10:39

O‘zbekistonda so‘nggi kun ichida 211 kishida koronavirus qayd etildi

O‘zbekistonda so‘nggi kun ichida 211 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. Shuningdek 257 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Senat qurol-yarog‘ muomalasi sohasida yangi javobgarlik choralarini rad etdi
30 may 2021, 23:44

Senat qurol-yarog‘ muomalasi sohasida yangi javobgarlik choralarini rad etdi

Senatorlar qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq yangi javobgarlik choralarini ko‘zda tutgan qonunni rad etdilar. Bu hal qilish zarur bo‘lgan tizimli muammolar mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, ular hal qilinganidan keyin javobgarlik choralari o‘rnatilishi lozim, deya ma’lum qildi senator Farhod Boqiyev. U “turli salbiy oqibatlar"ga olib kelishi mumkin bo‘lgan qator omillarni sanar ekan, Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmani misol qilib keltirdi.

«O‘zkomnazorat» Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
30 may 2021, 22:05

«O‘zkomnazorat» Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

«VKontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlari o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini qonunga zid ravishda qayta ishlamoqda, deya ma’lum qildi «O‘zkomnazorat». Inspeksiya ijtimoiy tarmoqlarga egalik qilayotgan Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 271-moddasi talablariga amal qilish, ya’ni serverlarini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shavkat Mirziyoyev P4G sammitida nutq so‘zladi
30 may 2021, 17:15

Shavkat Mirziyoyev P4G sammitida nutq so‘zladi

O‘zbekiston prezidenti «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik — 2030» (P4G) xalqaro sammitida ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev mintaqada iqlim o‘zgarishlari ta’sirida transchegaraviy daryolar oqimi va biologik xilma-xillik qisqarayotgani bo‘yicha xavotirda ekanligini ma’lum qildi. U «yashil iqtisodiyot»ni barpo etishga yoshlarni jalb etish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi.

Sirdaryoda daladan butunlay yonib ketgan erkak jasadi topildi
30 may 2021, 13:22

Sirdaryoda daladan butunlay yonib ketgan erkak jasadi topildi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroning 100% kuyib ketgan jasadi topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlashning 3-bosqichi boshlandi
30 may 2021, 12:31

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlashning 3-bosqichi boshlandi

O‘zbekistonda 1,9 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 257 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» rahbari etib tayinlandi
30 may 2021, 12:16

Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» rahbari etib tayinlandi

Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga rahbar etib tayinlandi. Ushbu lavozimda 2020 yilning noyabr oyidan beri Anvarjon Tojiboyev ishlayotgan edi.

Qamashi tumani sobiq hokimi 57 yoshida vafot etdi
30 may 2021, 12:01

Qamashi tumani sobiq hokimi 57 yoshida vafot etdi

Qamashi tumani sobiq hokimi Rashid Muhammadiyev 57 yoshida vafot etdi.

«Chelsi» UEFA Chempionlar ligasi chempioni bo‘ldi
30 may 2021, 02:18

«Chelsi» UEFA Chempionlar ligasi chempioni bo‘ldi

Futbol bo‘yicha UEFA Chempionlar ligasi finalida «Chelsi» jamoasi «Manchester Siti»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ushbu musobaqada ikkini marta chempion bo‘ldi.

29 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 may 2021, 22:27

29 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda madaniyat va san’at xodimlari kuni belgilanishi, senatorlarning Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qullashi, Xorazmdagi ikkit avariya, IIVning Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlangani yuzasidan rasmiy ma’lumoti — “Gazeta.uz"ning 29 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting