So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 211 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 30 may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100 335 nafarni tashkil etmoqda.


Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 207 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 95 993 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda, so‘nggi kun ichida koronavirusdan o‘lim holatlari kuzatilmadi. Ayni vaqtda mazkur kasallikdan vafot etganlar soni 690 nafarni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3652 nafar bemor davolanmoqda.