Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilmoqda» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish oqibatida o‘limga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyat ishi yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayolni sobiq kelini emas, balki u bilan turmush qurgan erkak o‘ldirganligini ma’lum qildi. Hozirda u qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.