Nigeriyaning Niger shtatida qurolli shaxslar 200 ga yaqin maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlab ketishdi, bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti Punch gazetasi ma’lumotlariga tayanib.

Gazetaning yozishicha, jangarilar yakshanba kuni tush paytida Tegina shahridagi maktabga hujum qilgan. Ular o‘q ochishgan, natijada ikki kishi jarohat olgan. Jabrlanganlardan biri vafot etdi, ikkinchisining ahvoli og‘ir.

Niger shtati ma’muriyati hujumni tasdiqladi, ammo o‘g‘irlanganlar soni aniqlanmaganligini aytmoqda.

Bu Nigeriyadagi o‘quvchilarning birinchi marotaba o‘g‘irlanishi emas. Ularning ozod qilinishi uchun jangarilar ko‘pincha ma’lum to‘lovni talab qilishadi.

Aprel oyi oxirida «Islomiy davlat G‘arbiy Afrika provinsiyasi (ISWAP, sobiq «Boko Haram») terroristik guruhining jangarilari Nigeriyada 10 mingga yaqin bolalar va o‘spirinlarni asirlikda ushlab turilayotgani haqida xabar berilgan edi.