«Vkontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlar «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 27−1-moddasi talablariga zid ravishda ishlov berilmoqda. Bu 2021 yil may oyida o‘tkazilgan monitoring natijasida aniqlandi, deya xabar berdi «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi matbuot xizmati.

«Vkontakte», «Twitter» va «WeChat» ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlarga qonun talablariga zid ravishda ishlov berilayotgani uchun O‘zkomnazorat tomonidan «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 27−1-moddasi talablariga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan «Mail.ru Group», «Twitter Inc» va «Tencent-Inc» kompaniyalariga ko‘rsatmalar berildi, deyiladi xabarda.

Mazkur tartib 16 apreldan o‘rnatilgan, ammo tegishli davlat organlarining ushbu sohada ko‘rinadigan natijalarga erishmagani deputatlarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi. Avvalroq mazkur qoidaga amalga qilinishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida o‘rganilgan edi.

«Bu ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalar O‘zbekiston Respublikasida qonuniy faoliyat yuritishni istashsa, o‘z texnik vositalarini O‘zbekiston hududiga o‘tkazishlari shartiligini yoki belgilangan tartibda ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligini anglatadi», — deya qayd etilgan edi qo‘mia bayonotida.