29 maydan 30 mayga o‘tar kechasi Portugaliyadagi «Dragau» stadionida UEFA Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: twitter.com/ChampionsLeague

Uchrashuvdagi yagona g‘alaba golini London jamoasi yarim himoyachisi Kay Havers o‘yinning 42-daqiqasida urdi. Jamoaning yarim himoyachisi Meyson Mauntning pasidan so‘ng Havers «Manchester Siti» darvozabonini aldab o‘tib, bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni kiritdi.

Foto: twitter.com/ChampionsLeague

«Chelsi» o‘z tarixida ikkinchi marta Chempionlar Ligasi chempioni bo‘ldi. So‘nggi marta «aristokratlar» ushbu musobaqada 2012 yilda g‘olib bo‘lishgan.

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatida birinchi marta YeCHLda yutqazdi. «Chelsi» ustozi Tomas Tuxel o‘tgan yili «PSJ» murabbiyi sifatida musobaqa finalida mag‘lub bo‘lgan edi. Ushbu mavsumda esa «Chelsi» bilan musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.