Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 1 950 398 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqichda emlanganlar 1 321 851 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 628 340 nafarni tashkil qildi. Shuningdek, O‘zbekistonda vaksinatsiyaning 3-bosqichi boshlandi.

29 mayda O‘zbekiston bo‘ylab 60 423 doza COVID-19`ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 16 755 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 43 461 nafarni hamda 3-bosqichda emlanganlar 207 nafarni tashkil qildi.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 280 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 29 may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100 ming nafardan oshdi va ayni vaqtda 100 124 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 257 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 95 786 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda, so‘nggi kun ichida 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan bo‘lib, kasallikdan vafot etganlar soni 690 nafarni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3648 nafar bemor davolanmoqda.