Gimnastikachi Sabina Tashkenbayeva Pezaroda (Italiya) bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida badiiy gimnastika bo‘yicha Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston uchun birinchi litsenziyani qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Barcha bosqichlar yakuni bo‘yicha Tashkenbayeva 130 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu litsenziya uchun kurashayotgan sportchilar orasida ikkinchi ko‘rsatkich edi.

Birinchi o‘rinni Sloveniya gimnastikachisi Yekaterina Vedeneyeva (145 ochko), uchinchi o‘rinni yaponiyalik ayol Chisaki Oiva (118 ochko) egalladi. Uchala sportchi ham Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Bu badiiy gimnastika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan birinchi litsenziya hisoblanadi. Oldinda guruh mashqi bo‘yicha o‘zbekistonlik gimnastikachilarni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan litsenzion Osiyo chempionati kutib turibdi.