Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.

«Turli masalalarda o‘z shaxsiy fikriga ega ekanligini, asosiysi, jamoa ahilligini ta’minlashda, bir maqsad yo‘lida mushtarak qilishda, o‘z ishiga jiddiy yondoshgan holda prinsipial pozitsiyadan turib muassasaning oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishini inobatga olib Uzakov Jamoliddin Erkinovichni vazirlikda Ijro apparati rahbarligi bilan bir asnoda „O‘zbekkonsert“ davlat muassasasi rahbari lavozimiga tayinladik», — deb yozadi Madaniyat vaziri.

Bunga qadar ushbu vazifani 2020 yilning noyabr oyidan beri Anvarjon Tojiboyev bajarib kelayotgan edi.