Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining sobiq hokimi Rashid Muhammadiyev vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Rashid Muhammadiyev 1964 yil G‘uzor tumanida tug‘ilib, Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan edi. U «Do‘stlik» ordeni davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Muhammadiyev 2005—2017 yillarda Qamashi tumani hokimi vazifasida ishlagan. U vafotiga qadar Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.